"Muzeylar to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi.

13 мая 2022

 

 

Har bir davlatning taraqqiyotida mavjud urf-odatlar, an'analar hamda qadimiy yodgorliklarni o'rganish va saqlashda muzeylarning o'z o'rni mavjud. Bugungi kunda muzeylar faoliyatini takomillashtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

O'zbekiston muzeylari esa 130 yillik tarixga ega. Respublikada jami 124 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda, shundan, 49 tasi asosiy muzeylar, 75 tasi filiallardir. Muzeylarning 7 tasi muzey-qo'riqxonalar hisoblanadi.

       So'nggi 4 yil davomida respublika bo'yicha 11 ta yangi muzeylar tashkil etildi. (Muynoq Ekologiya muzeyi, Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi”, Erkin Vohidov uy-muzeyi, Mutal Burxonov uy-muzeyi, Xaziniy uy-muzeyi, Abdulla Qodiriy me'morial muzeyi, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi, Ergash Jumanbulbul o'g'li yodgorligi muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi, Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyi, Toshkent tuman tarixi muzeyi).

     Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2027 yillar davomida muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat ko'rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, inter'er, dizayn va landshaft yechimlariga e'tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yo'nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlashni nazarda tutuvchi 10 yillik davlat dasturini qabul qilindi. Shu bilan birga muzeylar foliyatini takomillashtirishga qaratigan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

2021 yilning 26 noyabr' kuni prezident tomonidan «Muzeylar to'g'risida»gi qonunga qo'shimchalar kiritish haqidagi qonun imzolandi. Unga ko'ra:

- muzeylarga ularni tashkil etish maqsadlariga mos bo'lgan faoliyat turlarini o'z ta'sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishiga ruxsat berilmoqda. Bunda, muzeylar muzey ashyolarining but saqlanishini ta'minlaydi;

- davlat muzeylariga pulli xizmatlar ko'rsatishdan, xayriyalardan va boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag'lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmasligi va ushbu mablag'lar hisobiga byudjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmasligi belgilanmoqda.

    Shuningdek, bunda ko'rsatilgan mablag'lardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish va ularni targ'ib qilish hamda qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun foydalanish nazarda tutilmoqda.

        Ta'kidlash joiz, amaldagi “Muzeylar to'g'risida”gi Qonunda (2008 yil) muzeylar notijorat madaniyat muassasasi ekanligi belgilangan. Bu o'z navbatida, muzeylarning pulli xizmatlar ko'rsatishi va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirishiga ta'sir ko'rsatayotgan edi.

     Ayni vaqtda Qonundan kelib chiqib, respublika muzeylarida tashkil etiladigan ko'rgazmalar, ko'chma ko'rgazmalar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar, forumlar, konferentsiya va seminarlar bo'yicha kalendar' rejalarini tasdiqlash amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, muzeylar faoliyatini baholash tizimi yo'lga qo'yildi.


<< Выставка «Научное наследие В. Н. Ягодина в археологии Приаралья».   #Ushrasiw >>