Еksponat

15 fevral 2023

I-bólim

Hár bir xalıqtıń, qáwimniń  sonday-aq jeke adamnıń  kún kórisi, mádeniy órisi  álbette,  úy-jaydan baslanadı. Usı kóz qarastan alǵanda biziń xalqımızdıń  áyyemnen kiyatırǵan  eń tiykarǵı baspanası bolǵan qara úy qashan, qanday kóriniste payda bolǵan degen  qızıǵıwshılıq  payda boları sózsiz.

Bul sorawǵa juwap beriw ushın eń dáslep  «Túrkiy qáwimlerdiń úyleri qanday bolǵan? «Qaraqalpaq  óz aldına bólinip ketkennen keyin  úy-jaylarında qanday ózgerisler bolǵan»-degen qosımsha sawallar payda boladı. Sebebi, hár qanday xalıqlardıń túri, tili hám álbette óner ózgeshelikleri  ayqın kózge túsedi.  Qara úy soǵıw dástúri  qońsılas qazaq, qırǵız hám túrkmen xalıqlarında da bar bolǵanı menen olar bir-birinen ádewir dárejede ayırmashılıqqa  iye. Qaraqalpaqlardıń  qara úyi (aq otaw,boz otaw) óz ayrıqshalıǵı  menen basqa xalıqlardan ajıralıp turadı. Qara úydiń negizi túrkiy-mongol xalıqlarınıń bárine  tán bolǵanı menen  ayrım ózgesheligi arqalı  qaysı xalıqqa tiyisli ekenligi birden  bilinedi. Sonıń ushın da olardıń qurılısında  hár bir xalıqqa   tán  biraz ózgeshelikleri bar. Degen menen, bul úyler belgili bir dáwirde bir xalıq tárepinen oylap tabılǵan dep qarawǵa bolmaydı.  Mine, usı kóz qarastan alıp qaraǵanımızda xalqımızdıń ózine tán milliy ózgeshelikleriniń  eń áyyemgisi hám tiykarǵısı qádimgi qara úy bolıp, bul eski miyras esaplanadı

          Qaraqalpaqlarda qara úy  soǵıw óneri erte dáwirden baslap-aq bar, lekin, bul  ónerdiń qashan payda bolǵanlıǵı tuwralı  jeterli maǵlıwmatlar az. Áyyemgi dereklerde «Lachugi chernıx klobukov» yaǵnıy «Qara bóriklilerdiń ılashıǵı»  degen  atama bar. Usı jerde aytılǵan «ılashıq» degen sóz  qaraqalpaqlar turmısında  baspana  sıpatında  qollanıladı. Ilashıq qurılısı  boyınsha qara úyge usaydı biraq, kishi kólemde,  tóbesi, qaptalları jabıq bolıp ápiwayı aǵash qadalar birikpesinen islenedi. Tap usıǵan usas baspanalar Uzaq Sibir xalıqları turmısında da ushırasıp, bulardıń Oraylıq Aziyaǵa tarqalǵan túri basqasha kóriniske iye. Qaraqalpaqlardıń qara úyleri  solar menen salıstırǵanda eń jetilisken túri bolıp esaplanadı. Bizge kelip jetken jazba hám awızsha   maǵlıwmatlarǵa qaraǵanda  6 qanatlı  úy yarım xojalıqtı bildirgen dep aytılsa, ayrımlarında bul jańa tiklengen jas shańaraqlarǵa arnalǵan dep te aytıladı.

          Qaraqalpaqlardıń qara úyi óziniń qurılısı, kórinisi menen basqa xalıqlardıń qara úyinen ádewir ózgeshelikke iye bolıp onı soǵıwshı ustalar «úyshi» dep ataladı hám olar bul kásipti atadan balaǵa úyretip  «úyshiler  áwladı»  dep aytıladı. 

Qaraqalpaqstannıń kóplegen  rayonlarında tek  qara úy soǵıw menen shuǵıllanatuǵın ustalar bolıp, olardıń awılı  «úyshi awıl» dep atalǵan. Bunday atamadaǵı awıllar házirgi kúnge shekem saqlanıp qalǵan. Qara úy  burınları  shıdamlı, iyiwge qolaylı bos jánewit aǵashtan, toǵay taldan tańlap alınıp islengen, sebebi  qara úy hár jılı   báhárde tigilip, gúzde jıynalatuǵın bolǵanlıqtan   shıdamlı, bekkem aǵashtan isleniwi úlken áhmiyetke  iye bolǵan. Sonlıqtan úyshi ustalar qara úy soǵıw ushın aǵashlardı  toǵaydan ózleri tańlap,  saylap shawıp alǵan.

 

I-bo'lim

Har bir xalqning, qavmning, shu jumladan, har bir kishining turmush tarzi, madaniy o’sishi albatta, uy-joydan boshlanadi. Shu jumladan, bizning xalqimizning qadimdan kelayotgan eng asosiy boshpanasi bo'lgan o’tov qachon, qanday ko'rinishda paydo bo’lgan degan qiziqish paydo bo'lishi so'zsiz.

Bu savolga javob berish uchun eng dastlab «Turkiy qavmlarning uylari qanday bo'lgan? », «Qoraqalpoq xalqi alohida bo’linganidan so’ng yashash joylarida qanday o'zgarishlar paydo bo'lgan?» degan savollar paydo bo'ladi. Sababi, har qanday xalqning tili, urf-odatlari va albatta hunarmandchiligidagi o’ziga xosliklar yaqqol ko'zga tashlanadi. O’tov yasash dasturi qo'shni qozoq, qirg’iz va turkman xalqlarida ham bor, lekin, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Qoraqalpoqlarning o’tovi (oq o'tov, bo'z o'tov) o'ziga xosligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. O’tov barcha turkiy-mo’g’ul xalqlariga tegishli bo'lsa ham ayrim o’zgachaliklariga ko’ra qaysi qavmga tegishli ekanligi yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun ham ularning yasalishida har bir xalqning o’ziga xos bo’lgan tomonlari bor. Lekin, ushbu uylarni ma’lum bir vaqtda ma’lum bir xalq tomonidan o'ylab topilgan deb bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan olib qarasak, xalqimizning o'ziga xos milliy xususiyatlarini o’zida mujassam qilgan o’tov eng qadimiy va asosiy me’ros bo’lib hisoblanadi.

          Qoraqalpoqlarda oʻtov yasash hunari erta davrlardan shakllangan, lekin, bu hunarning qachon paydo boʻlganligi haqida maʼlumotlar juda kam. Qadimiy manbalarda «Lachugi chernıx klobukov» ya'ni «Qora bo'rklilarning chaylasi» degan nomi ham bor. Bu yerda aytilgan «chayla» so'zi qoraqalpoqlar hayotida boshpana sifatida tatbiq qilinadi. Chayla qurilishi jihatidan oʻtovga o’xshaydi, lekin, kichkina doirada, tomi, yon tomonlari yopiq bo'lib, oddiy yog'och birikmasidan ishlanadi. Xuddi shunga o’xshash panogohlar Uzoq Sibir xalqlari hayotida ham uchraydi, ularning Markaziy Osiyoga tarqalgan turi boshqacha ko’rinishga ega. Qoraqalpoqlarning oʻtovini boshqa xalqlarning oʻtoviga qiyoslaganda eng rivojlangan turi desak adashmaymiz. Bizga kelib yetgan yozma va ogʻzaki maʼlumotlarning birida 6 qanotli uy xonadonning yarmi ekanligini bildirgan bo’lsa, ayrimlarida bu yangi qurilgan yosh oilalarga moʼljallangan deb ham aytiladi.

Qoraqalpoqlarning oʻtovi o'zining yasalishi, ko'rinishi jihatidan boshqa xalqlarning oʻtovidan anchagina farq qilib, uni yasovchi ustalar «uychi» deyiladi. Otalar ushbu kasbini bolalariga o’rgatgan va ularni «uychilar avlodi» deb atashgan.

          Qoraqalpog'istonning ko'plab tumanlarida oʻtov yasash bilan shug'ullanadigan ustalar bor bo'lib, ularning qishlog'i «uychi qishloq» deb atalgan. Bunday nomdagi qishloqlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Oʻtovlar bir vaqtlar chidamli, egishga qulay, yumshoq yog'ochdan, o'rmon tollaridan tanlab olinib yasalgan, sababi oʻtov har yili bahorda tikilib, kuzda yig'iladigan bo'lganligi uchun chidamli, mustahkam yog'ochdan ishlanishi katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shu sababli uychi ustalar oʻtov yasash uchun yog'ochlarni o’rmondan o'zlari tanlab, saylab chopib olgan.


<< Ushrasıw   Muzeyge sayaxat >>