Diqqat, E'lon!

15 августа 2022 года

 

 

                  

               

O'zbekiston  Respublikasi madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan, hayotini Vatan, xalk va millat taraqqiyotiga baxshida etgan betakror iste'dod egasi, Qoraqalpog'istondagi davlat san'at muzeyi asoschisi, O'zbekiston san'at arbobi, Qoraqalpog'iston xalq  rassomi Igor' Vital'evich Savitskiyning xotirasini abadiylashtirish maqsadida  I.Savitskiyning haykalini yaratish bo'yicha ijodiy tanlov E'LON qilinadi.

Ushbu ijodiy tanlov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2022 yildagi "Muzeylarda xizmatlar soxasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi  PQ-26l-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8.05.2021 yildagi "Qoraqalpog'iston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish  chora-tadbirlari to'g'risida"gi 291-sonli karori bilan tasdiqlangan "202l -2024 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi''ning 11-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazilmoqda. 

Tanlov shartlari:

Haykal betakror badiiy-me'moriy yechimga ega, yuksak estetik talab darajasida va badiiy g'oya izchilligiga ega bo'lishi kerak.  

Ijodiy tanlovda yo'nalish bo'yicha mutaxassis haykaltaroshlar, monumental san'at sohasida va zamonaviy shaharsozlikda haykallarni o'rnatish bo'yicha tajribaga ega  mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha eskizlarining tanlovga mo'ljallangan modeli ko'chirish va uzoq muddat saqlashga mo'ljallangan istalgan materialdan tayyorlanishi mumkin.

Haykal Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi hududida o'rnatiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan eskiz loyihalari 2022  yilning  5 oktyabriga qadar  qabul qilinadi va O'zbekiston Badiiy akademiyasiga topshirish so'raladi.
Manzil: Toshkent shahri, S. Azimov ko'chasi, 35 – uy
Bog'lanish uchun telefon:  71. 232 - 06 - 75;  94. 630 – 77 – 55;


<< Скидки и льготы для посетителей.    Ushrasıw >>