Qoraqalpoq erkaklarining belbog'lari.

25 июля 2022 года

 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi etnografiya bo’limi ilimiy xodimi D.Qudaybergenovaning O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O'zbekiston tarixi davlat muzeyida tashkil etilgan "Moddiy-manaviy meros va umumbashariy qadiryatlar" Respublika ilimiy-amaliy konferenciya materiallari to'plamida cho'p etilgan "Qoraqalpoq erkaklarining belbog'lari haqida (Nukus muzeylari to'plamlari misolida)" nomli ilimiy maqolasi.

                                                    

     Belbog'lar kiyinish madaniyatining alohida elementi bo'lib, uning yordamida kiyimni moslashtirish, qo'shimcha badiy ifoda yaratish, tananing bel qismini ajratib ko'rsatish va ijtimoiy mavqeni aniqlash mumkin. Qoraqalpoq erkaklarining milliy liboslaridagi asosiy elementlaridan biri – belbog'lardir. Ular ikkita vaziyfani bajaradilar: dekorativ va amaliy. XIX – XX asrlarda foydalanilgan belbog'lar odatda uch qismdan iborat bulgan: uzun tasma, to'qalar va qadama bezaklar (bazi hollarda mayda metall detallardan foydalanilgan). Uzun tasmalar teridan, naqshinkor kashtalangan mato turlaridan, tukli va tuksiz to'qilgan ko'rinishlarda bo'lib, ular zargarlar tomonidan har xil shakldagi to'qa va qadama bezaklar bilan bezatilgan. Albatta, bu to'plamni belbog'larning asosiy turi deyish noo'rin. Kundalik hayotda qulaylik yaratish maqsadida ko'ylak yoki choponlarni ko'tarib turish uchun uzun mato yoki kvadrat ro'mol shaklida belga mahkamlangan. Qoraqalpoqlarda chopon yoki to'nni belidan qayis belbog' yoki ro'mol bog'langan. Ipak matodan bo'lgan belbog'lar ma’deli yoki turme deb nomlangan. Bunnan tashqari qora mol terisidan yasalgan, gohida ososi bo'z matosidan qilingan enli qamari bolbog'lar ham bo'lgan [1, 28, 30]. Belbog'lar o'zbek va tojik xalqlarining erkaklar kiyimlarida ham keng qo'llanilgan bo'lib, xalq orasida miyonband (to'rtburchak ro'mol), yakkaband (yakka bog'ich) yoki futa (tanani bir necha bora o'rab turuvchi kamar) kabi nomlar bilan mashxur. Aksariyat xollarda ularni jipslashtirgan ko'rinishda foydalangan, dastlab futa uning ustidan miyonband bog'lab yurishgan [2, 66].

       Qoraqalpoq belbog'lari va ulardagi to'qa va qadama bezaklarning asosiy xususiyatlari shakllarning hilma xilligi, o'simliksimon naqshlarning ustunligi va yeң hayratlanarlisi zoomorf xarakterdagi oqqush va ajdarxo motivlarining sxematik tasviri va rangli toshlar bilan bezatilmaganligidadir. O'simlik naqshlari qoraqalpoq xunarmandchiligida uslublashtirilgan barglar, gullar, mevalar, novdalar va boshqa turlarda bo'lib, bir vaqtning uzida o'simlikning tabiyatiga mos keladigan barcha tipik xussiyatlari kuchaytirilib, boshqa taraflari o'z aksini topadi. [3, 28]. Zoomorf naqshlar bilan bezatilgan belbog'ning to'qa va qadama bezaklarida ayniqsa shox motivi yaqqol ko'zga tashlanadi. Shubhasiz bu element qadimdan chorvachilik bilan shug'illangan qabilalarning ramzidir. Shoh – bu chorvachilikda o'nimdorchilikka bog'liq ramziy ma'no hisoblangan [3, 16].

       O'zbek xalqi belbog'lari feruza toshlar va bo'rttirib ishlangan kumush to'qa va qadama bezaklar bilan bezatilgan bo'lsa, qozoq xalqi zargarlari o'zbek xalqi belbog'lariga nisbatan serdolik (hosil tosh) va jimdimador naqshlar bilan bezatilgan [4, 96]. Belbog'ning metall bo'lakchalari zargarlar tomonidan ko'pincha o'q-nayza, o'simlik va zoomorf shakllarda yasalgan. Ayniqsa nayza-o'q shakli keng tarqalib, barcha xalqlar yovuz ruxlardan qo'riqlovchi nayza-o'qning sexru-kuchiga ishonchgan [5, 192]. Belbog'lar o'z vazifasidan tashqari kashtalangan choyxalta, ov qurollarini saqlovchi qin va cho'ntak paydo bo'lgunga qadar uning vazifasini bajaruvchi xamyonchalarni osib qo'yish uchun foydalanilgan. Erkaklar bilan bir qatorda kundalik xayotda ba'zi xollarda ayol kishilar ham belbog'lardan foydalangan. Ular asosan ro'mol va mato bo'lakchalari hisoblangan. Xalq orasida oltin belbog', tilla qamar, gүdari belbog', aydinli belbog', qamar belbog', degment belbog', qirmizi belbog' va qayis nomlari bilan atalgan belbog' turlari mavjud, o'lar orasida uzun tasmaning asosi teri va to'qimachilik uslubida qilingan turlari keng tarqalgan. Ular qamar va degment belbog'lar [6, 37].

      Сharm mahsulotlari zargarlik buyumlarida asosan qo'shimcha detall sifatida foydalanilib kelinadi, undan yasalgan belbog'lar barcha qo'shni xalqlarda ham keng tarqalgan. Qozoq xalqida yirik qora mol terisidan belbog' olish uchun xayvondan qonni tozalab, olingan terini soyada quritib, maxsus asbobga solib, yumshartib kerak joyi uchun foydalangan [7, 91]. Tasmaning asosi charmdan yasalgan belbog'larda qora mol yoki tuya terisi foydalanilgan bo'lib, ular enli, ikki uchida mahkamlash uchun mo'ljallangan to'qa va ularning biri qushning tumshug'i va ko'zi tasvirlangan S shaklidagi ilgich bilan yakunlanadi. 96,5 x 8,8 o'lchamdagi tuya terisidan yasalgan belbog' o'simlik va zoomorf xarakteridagi 18 dona qadama bezaklar bilan bezatilgan. Bezaklar bir necha turga bo'ligan: 5 dona nisbatan enli, o'simlik naqshi shakldagi bezaklar, (2 to'qa bilan bu 5 dona bezak naqsh jihatdan bir- biriga o'qshash); 5 dana to'qa oralari 3-4 dona ensiz o'simlik va zoomorf xarakteridagi bezaklar bilan bezatilgan. Belbog'ning ikki uchi 2 to'qa va qush tumshuqli ilgich bilan yakunlangan. (QTMM. KP 1347).

      Uzun tasmaning asosi to'qimachilik uslubida qilingan qoraqalpoq xalqi degment belbog'lari ranglar, to'qimalarning zichligi bilan ajralib turadi. Tukli va tuksiz turdagi bu degment belbog'larda sariq qizil, yashil va moviy ranglar ko'p ishlatilgan, ular asosan enli shaklda bo'lib, geometrik va shoxsimon ko'rinishdagi naqshlar bilan bezatilgan. Yuqorida keltirilgan uyg'unlikni takrorlovchi Qonliko'l tumanidan olingan qoraqalpoq degment belbog'i badiy jihatdan o'ziga hosdir. (QRSM. KP 6036. Shao'dirbay zargar). 79 x16 o'lchamdagi belbog' asosi geometrik va zoomrf naqshlar bilan tukli to'qimachilik shaklida yasalgan. 13 dona o'simlik shaklidagi qadama bezaklar, belbog'ning ikki uchi jimjimador to'ka bilan, to'qalarning biri esa 3,5 sm o'lchamdagi ko'zi saqlanmagan oqqush siymosidagi S shaklidagi ilgich bilan tamomlangan. Enli qilib to'qimachilik uslubida yusalgan bunday belbog'lar asosan XX asrda Buxoro shaxrida keng tarqalgan. Ular tag'band deb nomlangan. Shahardagi Tag'bandbofan mahallasi xunarmandchilikning ushbu turiga alohida etibor qaratgan. Belbog'ning tag'band nomi ham xuddi shu joy nomidan olingan [8, 73].  

To'qimachilik uslubida qilingan belbog'larning ikki uchi kumush to'qalar va belbog'ni bezovchi qadama bezaklar bilan bezatilgan. Ko'pchilik holatlarda belbog'lardagi qadama bezaklar soni toq 7,9,13,15,17 turda kelib, bu xam zargar yoki belbog' egasi tomonidan qandayda bir ramziy semantik ma'noga ega bo'lishi mumkin, chunki belbog'larni erkaklar kuch-quvvat beruvchi fazilat bor, degan ishonch bilan taqishgan.

XIX asr oxiri XX asr boshig tegishli xozirgi kunga qadar saqlanib kelayotgan qoraqalpoq belbog'lariga o'zbek, qozoq xunarmandlari tomonidan yaratilgan belbog'larga nisbatan qaralsa qoraqalpoq zargarlari tomonidan xam yuksak badiy namunalar yaratilganligini ko'rish mumkin.

Qadimiy turkiy xalqlarda sarkardalar tomonidan urushda foydalanilgan, qadama bezaklar bilan bezatilgan, keyingi davrlarda erkaklar liboslarning bir elementi sifatida olib qaralgan belbog'lar bugungi kunda alohida tadqiqodlarni talab etib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Карлыбаев М.А., Курбанова З.И. Каракалпакский костюм. Нукус. 2014.

2. Сухарева О. С. История среднеазиатского костюма. Самарканд. (2 половина XIX – начало XX в). Москва. 1982.

3. Уразымова Т.В., Қурбанова З., Уразбаева С.К. Қарақалпақ нағыслаў өнери. Нөкис 2019.

4. Алламуратов А. Каракалпакское декоративно-прикладное искусство // Архивные материалы Центральной Азии. Том VI. МИЦАИ. Самарканд. 2019.

5. Васильева Г.П. Магические функции детских украшении у туркмен // Древние обряды верования и культы народов Средней Азии. Москва. 1986.

6. Сейтназарова И., Зайрова Қ. Қарақалпақ тилиндеги тағыншақ атамалары. Нөкис. 2020.

7. Х. Арғынбаев. Қазақ халқының қолөнери. Алматы. 1987.

8. Мукминова Р.Г. Костюм народов Средней Азии по письменным источникам XVI в. // Костюм народов Средней Азии. Москва. 1979 г.

9. Қорақалпоғистон Республикаси И.В.Савицкий номидаги давлат санъат музейи Этнография бўлими, нумизматика ва қимматбахо металлар фонди материаллари. ҚРСМ

10. Қорақалпоғистон Республикаси тарихи ва маданияти давлат музейи Этнография бўлими фонди материаллари. ҚТММ.

 


<< #Ilaj   #Онлайн >>